Yurganmisiz birga oy bilan
Usmon NosirYurganmisiz birga oy bilanoyoʻrmonshabbodatabiat
Yurganmisiz birga oy bilan
Oqshom payti koʻm-koʻk oʻrmonda?
Maysalarga shabnam qoʻnganda,
Shunday yaxshi tinch boʻlar ekan.
Shitir-shitir oʻynar shabboda,
Barglar musiqasi bir shirin...
Havo goʻyo tiniq, sof boda —
Koʻngil sezar hayotning sirin.
Men mast boʻlib qoldim bu kecha,
Sil oʻpkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha,
Dilginamni rosa sayratdim.
Lugʻat
- boda
- Sharob, may, musaffo ichimlik.
- shabboda
- Mayin esuvchi kechki yoki tonggi yoqimli shamol.
- sil
- Sil xastaligi, oʻpka kasalligi (shoir yoshligida bu darddan aziyat chekkan).
Qoʻshilgan:
Shu muallifning boshqa sheʼrlari
- Bogʻim
O, u qanday fusunkor!
Nur bilan toʻlgan butun. - Dengiz oyna kabi
Dengiz oyna kabi yaltirar,
Toʻlqinlarga suqim oqadi. - Dengizga
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman. - Gulzor — chaman...
Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
Eltay yetaklab. - Monolog
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim oʻpmagan, kim tishlamagan? - Nil va Rim
Lampam yonur… Yaralangan qanotdek ogʻir
Oʻy bosadi. Yuragimda goʻyo sel yogʻir.
Yana sheʼrlar
- Eng gullagan yoshlik chogʻimda
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Har yurakning bir bahori bor
Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Erkin sheʼr
- Janub kechasida
Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
Koʻrinmasdi sira koʻzimga,Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Ofeliyaning oʻlimi
Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr