Asosiy mazmunga oʻtish

Janub kechasida

Hamid Olimjon · Erkin sheʼr · Zamonaviy davr · 16 misra

ishqkechajanubtabiatHamid Olimjon

Matn

Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
Koʻrinmasdi sira koʻzimga,
Sen boʻlmasang oʻzimning koʻnglim
Kirmas edi aytgan soʻzimga.

Sen boʻlmasang, etmasdi xursand
Suv ustida suzib yurgan oy.
Hamisha shoʻx, doimo baland,
Yulduzdagi jon yoqar chiroy.

Qarashlaring tinchimni olib,
Chertib ketdi qalbim torini,
Shundan keyin sezdim yurakda
Shuncha kuchli oʻtning borini.

Aytib ber-chi, shuncha sevganlar
Boʻlganmikin mencha baxtiyor?
Aytib ber-chi, qaysi qiz burun
Sevib boʻlgan umid bilan yor?

Hamid Olimjon

Sharh

«Janub kechasida» — 1936-yilda yozilgan ishqiy sheʼr. Janub oqshomi manzarasi, oy va yulduzlar sevgilining borligi bilan maʼno kasb etadi; sheʼr savollar bilan davom etadi.

Lugʻat

och toʻlqin
Mavj urgan, qirgʻoqqa shiddat bilan uriluvchi toʻlqin.
chiroy
Husn, goʻzallik, koʻrkamlik.
chertmoq
Tor yoki qalbni ohista tirnamoq, uygʻotmoq.

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Boʻlsam Gʻazal

    Na boʻlgʻay bir nafas men ham yonogʻing uzra xol boʻlsam,
    Labing yaprogʻidan tomganki goʻyo qatra bol boʻlsam.

  • Eng gullagan yoshlik chogʻimda Erkin sheʼr

    Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
    Sen ochilding koʻngil bogʻimda.

  • Har yurakning bir bahori bor Erkin sheʼr

    Har yurakning bir bahori bor,
    Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon.

  • Holbuki, tun... Erkin sheʼr

    Holbuki, tun...
    Shagʻirlaydi betinim daryo,

  • Ofeliyaning oʻlimi Erkin sheʼr

    Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
    Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.

  • Sevgi desam Erkin sheʼr

    Sevgi desam, faqat sen desam,
    Sening bilan yashasa qalbim;

Yana sheʼrlar

  • Bogʻim

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengiz oyna kabi

    Dengiz oyna kabi yaltirar,
    Toʻlqinlarga suqim oqadi.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengizga

    Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
    Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Gulzor — chaman...

    Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
    Eltay yetaklab.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Monolog

    Sevgi! Sening shirin tilingdan
    Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr