Bogʻim
Usmon NosirBogʻimoʻlmaslikkelajakbahorbogʻbon
O, u qanday fusunkor!
Nur bilan toʻlgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman:
Koʻnglimda yashnar bahor...
Nur bilan toʻlgan butun.
Bargdek uzilib ketsam,
Unutmas meni bogʻim:
Ishimni hurmat qilur,
Gullardan haykal qurur.
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bogʻim!
Sheʼrlarim yangrab qolur —
Bir umrga oʻlmayman!
Hayotimning davomi —
Kelajagimga homiy,
Oʻrnimga bogʻbon boʻlur —
Bir umrga oʻlmayman!
O, u qanday davomdor!
Nur bilan toʻlgan butun.
Gullari chaman-chaman,
Men ularni ichaman:
Koʻnglimda yashnar bahor...
Nur bilan toʻlgan butun.
Lugʻat
- fusunkor
- Sehrli, maftunkor, koʻzni oluvchi goʻzal.
- homiy
- Qoʻllovchi, himoya qiluvchi, yoʻl koʻrsatuvchi homiy.
- chaman-chaman
- Gullarga burkangan, rang-barang gullar toʻdasi.
Qoʻshilgan:
Shu muallifning boshqa sheʼrlari
- Dengiz oyna kabi
Dengiz oyna kabi yaltirar,
Toʻlqinlarga suqim oqadi. - Dengizga
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman. - Gulzor — chaman...
Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
Eltay yetaklab. - Monolog
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim oʻpmagan, kim tishlamagan? - Nil va Rim
Lampam yonur… Yaralangan qanotdek ogʻir
Oʻy bosadi. Yuragimda goʻyo sel yogʻir. - Oq yuvib, oq tarab...
Onajonim, sogʻ boʻlsang,
Sevinchim mening.
Yana sheʼrlar
- Eng gullagan yoshlik chogʻimda
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Har yurakning bir bahori bor
Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Erkin sheʼr
- Janub kechasida
Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
Koʻrinmasdi sira koʻzimga,Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Ofeliyaning oʻlimi
Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr