Asosiy mazmunga oʻtish

Holbuki, tun...

Hamid Olimjon · Erkin sheʼr · Zamonaviy davr · 37 misra

falsafatundaryoijodtabiatHamid Olimjon

Matn

Holbuki, tun...
Shagʻirlaydi betinim daryo,
Shagʻirlaydi vahm toʻlgan jar,
Shagʻirlaydi qorongʻi dunyo,
Shagʻirlaydi vodiy, daralar.
Shagʻirlaydi... Bermaydi uyqu,
Xayollarim boʻlar parishon,
Bir izlanish boshlanar menda,
Tushunchamga yana kirar jon.

Holbuki, tun — bunda, odatda,
Butun borliq uxlarday sokin,
Butun yer osmonga oʻranib,
Olar kabi kunduziday tin...
Soyga tushdim, koʻkda chiqdi oy,
Nur yogʻildi oq bulutlarga.
Nurga toʻldi dara, toʻldi soy,
Nur yogʻildi qorongʻi jarga.

Kezar edim, meni tinmayin
Taʼqib etar bir uzun soya,
Bilmadimkim, bormidir ishi,
Yo istarmi aytmoq hikoya.
Koʻzlarimda yonar uchqunlar,
Zilol suvga oy edi sirdosh,
Yaltirardi, doim tovlanar,
Oy nuriga choʻmiluvchi tosh.

Koʻzni tikdim, parquv bulutlar
Koʻchar edi zilol va toza.
Lochin kabi samolyot uchar,
Uchar edi solib ovoza.
Tikilgandi koʻzim qogʻozga,
Qoʻllarimda yugurar qalam.
Qurshamishdi uni hayajon,
Bir intilish, bir orzu bu dam.

Shagʻirlaydi osmon va havo,
Shagʻirlaydi butun koinot,
Shagʻirlaydi betinim daryo,
Shagʻirlaydi daryoda hayot...

Hamid Olimjon

Sharh

«Holbuki, tun...» — 1936-yilda yozilgan sheʼr. Hamma uxlaydigan tunda daryo, osmon va butun borliq shagʻirlaydi; shoir oy nurida qogʻozga egilib yozadi.

Lugʻat

shagʻirlamoq
Daryo suvi yoki toshqinning shiddatli shovullashi.
zilol
Tiniq, pokiza, musaffo suv.
ovoza
Tovush, aks-sado, dong, shovqin-suron.
parquv
Pardek yumshoq, nafis, oppoq bulut.

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Boʻlsam Gʻazal

    Na boʻlgʻay bir nafas men ham yonogʻing uzra xol boʻlsam,
    Labing yaprogʻidan tomganki goʻyo qatra bol boʻlsam.

  • Eng gullagan yoshlik chogʻimda Erkin sheʼr

    Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
    Sen ochilding koʻngil bogʻimda.

  • Har yurakning bir bahori bor Erkin sheʼr

    Har yurakning bir bahori bor,
    Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon.

  • Janub kechasida Erkin sheʼr

    Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
    Koʻrinmasdi sira koʻzimga,

  • Ofeliyaning oʻlimi Erkin sheʼr

    Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
    Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.

  • Sevgi desam Erkin sheʼr

    Sevgi desam, faqat sen desam,
    Sening bilan yashasa qalbim;

Yana sheʼrlar

  • Bogʻim

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengiz oyna kabi

    Dengiz oyna kabi yaltirar,
    Toʻlqinlarga suqim oqadi.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengizga

    Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
    Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Gulzor — chaman...

    Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
    Eltay yetaklab.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Monolog

    Sevgi! Sening shirin tilingdan
    Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr