Asosiy mazmunga oʻtish

Dengiz oyna kabi

Usmon Nosir · Erkin sheʼr · Zamonaviy davr · 12 misra

Usmon NosirDengiz oyna kabiBoltiq dengizioqqushkechki manzaraosudalik

Matn

Dengiz oyna kabi yaltirar,
Toʻlqinlarga suqim oqadi.
Oqqush mungli-mungli oh urar,
Hazin kuyi dilga yoqadi.

Oʻtiraman — koʻnglim osuda,
Boshim uzra barglar shitraydi.
Soyalari limmo-lim suvda
Tanga-tanga boʻlib titraydi.

Qanday yaxshi, kechqurun yolgʻiz.
Yursang, koʻngil asti toʻymasa,
Oy goʻyoki parishonhol qiz,
Sochlarini yozib oʻynasa...

Usmon Nosir

Sharh

«Dengiz oyna kabi» — 1935-yilda Boltiq dengizi boʻyida yozilgan manzara sheʼri. Suv yuzasi, oqqushning ovozi, oyning aksi tasvirlanadi.

Lugʻat

suq
Havoyilik, havas bilan termilish, qiziqish (suqi kirmoq).
parishonhol
Holi parishon, sochilgan, oʻychan va mungli.
osuda
Tinch, osoyishta, sokin, orom olgan.

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Bogʻim Erkin sheʼr

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

  • Dengizga Erkin sheʼr

    Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
    Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.

  • Gulzor — chaman... Erkin sheʼr

    Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
    Eltay yetaklab.

  • Monolog Erkin sheʼr

    Sevgi! Sening shirin tilingdan
    Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

  • Nil va Rim Erkin sheʼr

    Lampam yonur… Yaralangan qanotdek ogʻir
    Oʻy bosadi. Yuragimda goʻyo sel yogʻir.

  • Oq yuvib, oq tarab... Erkin sheʼr

    Onajonim, sogʻ boʻlsang,
    Sevinchim mening.

Yana sheʼrlar