Dengizga
Usmon NosirDengizgaOq dengizShimolvidolashuvtoʻlqinlar
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.
Sochimni oʻynaydi muzdek shoʻx shamol,
Men unga dardimni qanday aytaman?
Kechqurun qirgʻoqda aylanib tanho,
Sevdim, sevib qoldim toʻlqinlaringni.
Oyni choʻmiltirgan tinch tunlaringni
Tushimda koʻrganda ne qilarman, o?
Oʻynagil soʻng marta, chayqal, erkalan!
Armonim qolmasin ketar oldimda.
Bagʻringda baliqday yuzgan oq yelkan
Bir umr sayr etgay mening yodimda…
Yaxshi qol, erkin suv! Yaxshi qol, dengiz!
Toʻlqinlar, qoʻynimga qizday kirdingiz…
Lugʻat
- yelkan
- Kemalarning shamol kuchi bilan harakatlanishiga xizmat qiladigan mato, parus.
- erkalanmoq
- Nozlanmoq, erkalik qilmoq, oʻynoqlamoq.
- tanho
- Yolgʻiz, bir oʻzi, kimsasiz.
Qoʻshilgan:
Shu muallifning boshqa sheʼrlari
- Bogʻim
O, u qanday fusunkor!
Nur bilan toʻlgan butun. - Dengiz oyna kabi
Dengiz oyna kabi yaltirar,
Toʻlqinlarga suqim oqadi. - Gulzor — chaman...
Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
Eltay yetaklab. - Monolog
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim oʻpmagan, kim tishlamagan? - Nil va Rim
Lampam yonur… Yaralangan qanotdek ogʻir
Oʻy bosadi. Yuragimda goʻyo sel yogʻir. - Oq yuvib, oq tarab...
Onajonim, sogʻ boʻlsang,
Sevinchim mening.
Yana sheʼrlar
- Eng gullagan yoshlik chogʻimda
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Har yurakning bir bahori bor
Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Erkin sheʼr
- Janub kechasida
Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
Koʻrinmasdi sira koʻzimga,Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Ofeliyaning oʻlimi
Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr