Gulzor — chaman...
Usmon NosirGulzor — chamanmuhabbatVatan burchijasoratshoir
Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
Eltay yetaklab.
Binafshalar terib beray
Senga etaklab...
Chakkangga taq! Toʻlib tursin
Oydek yuzlaring.
Kunday yorugʻ, tunday qora
Ekan koʻzlaring.
Tingla, erkam, oʻrtogʻimsan,
Koʻnglimni ochay,
Qonim sheʼr boʻlib oqsin-da,
Men qayta ichay.
Istaymanki, oqar qonim
Tamom boʻlmasin,
Istaymanki, sevar yorim
Tashlab ketmasin.
Chunki, doʻstlik mehri bilan
Shodligim oʻsar.
U har qachon yonboshimda
Soyamday yurar.
U sen, qoʻzim.
Yur, bogʻlarga.
Eltay yetaklab.
Binafshalar terib beray
Senga etaklab.
Bu shoir, — deb, — bu yengil, — deb
Asti oʻylama!
Oʻpgan oʻpichlarim haqqi
Inontiraman.
Agar, darkor boʻlsa har choq,
Chorlasa Vatan,
Qoʻlyozmalarimni tashlab,
Shinel kiyaman.
Uddasidan chiqolmasam
Ahdimni, unda —
Brauningni qoʻlimga ber,
Qop-qora tunda.
Oʻz jazomni oʻzim beray,
Azob-la oʻlay...
Yoʻq!.. Hamdam boʻl, qoʻlimdan tut,
Janglarga kiray!
Lugʻat
- shinel
- Harbiylarning qalin matodan tikilgan uzun ustki kiyimi, palto.
- brauning
- Toʻpponchaning bir turi (qurol tizimi).
- hamdam
- Sirdosh, hamroh, doʻst, hamnafas.
Qoʻshilgan:
Shu muallifning boshqa sheʼrlari
- Bogʻim
O, u qanday fusunkor!
Nur bilan toʻlgan butun. - Dengiz oyna kabi
Dengiz oyna kabi yaltirar,
Toʻlqinlarga suqim oqadi. - Dengizga
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman. - Monolog
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim oʻpmagan, kim tishlamagan? - Nil va Rim
Lampam yonur… Yaralangan qanotdek ogʻir
Oʻy bosadi. Yuragimda goʻyo sel yogʻir. - Oq yuvib, oq tarab...
Onajonim, sogʻ boʻlsang,
Sevinchim mening.
Yana sheʼrlar
- Eng gullagan yoshlik chogʻimda
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Har yurakning bir bahori bor
Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Erkin sheʼr
- Janub kechasida
Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
Koʻrinmasdi sira koʻzimga,Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Ofeliyaning oʻlimi
Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr