Eng gullagan yoshlik chogʻimda
muhabbatyoshlikbahorsevgiqoʻshiqHamid Olimjon
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.
Shunda koʻrdi koʻzim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.
Qushlar sayrar jonimga payvast,
Men sevgining boʻyi bilan mast.
Kuni bilan dalada qoldim,
Lolazorlar ichra yoʻqoldim.
Quchoq-quchoq gullar terganim,
Va keltirib senga berganim.
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.
Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.
Lugʻat
- payvast
- Bogʻlangan, tutashgan, doimiy hamroh boʻlgan.
- chogʻ
- Vaqt, fursat, payt, davr.
- yor
- Sevgili, suyukli inson, dildor.
Qoʻshilgan:
Shu muallifning boshqa sheʼrlari
- Boʻlsam
Na boʻlgʻay bir nafas men ham yonogʻing uzra xol boʻlsam,
Labing yaprogʻidan tomganki goʻyo qatra bol boʻlsam. - Har yurakning bir bahori bor
Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon. - Holbuki, tun...
Holbuki, tun...
Shagʻirlaydi betinim daryo, - Janub kechasida
Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
Koʻrinmasdi sira koʻzimga, - Ofeliyaning oʻlimi
Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo. - Sevgi desam
Sevgi desam, faqat sen desam,
Sening bilan yashasa qalbim;
Yana sheʼrlar
- Erkin sheʼr
- Erkin sheʼr
- Dengizga
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.Erkin sheʼr · Usmon Nosir
Erkin sheʼr - Erkin sheʼr
- Erkin sheʼr