Asosiy mazmunga oʻtish

Yurak

Usmon Nosir · Erkin sheʼr · Zamonaviy davr · 16 misra

Usmon NosirYurakVatanotashin sheʼriyatehtirosSamarqand

Matn

Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga joʻr etding.
Koʻzimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.

Senga tor keldi bu koʻkrak,
Sevinching toshdi qirgʻoqdan,
Tilim charchar, ajab, gohi
Seni tarjima qilmoqdan.

Sen, ey sen — oʻynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
Toʻlib qayna, toshib oʻyna,
Tirikman, kuyla boringni!

Itoat et! Agar sendan
Vatan rozi emas boʻlsa,
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom oʻlsam!..

Usmon Nosir

Sharh

«Yurak» — 1933-yilda Samarqandda yozilgan sheʼr. Yurak erkinlik, ehtiros va ilhom timsoli sifatida tasvirlanadi; soʻnggi bandda Vatan rozi boʻlmasa, yurak chaqmoqqa aylanishi aytiladi.

Lugʻat

joʻr
Hamohang, qoʻshilib chalinuvchi, hamnafas joʻr boʻlmoq.
ishqiboz
Oshiq, muhabbatga moyil, chin dildan sevuvchi dilband.
itoat
Boʻysunish, farmonga kirish, sadoqat koʻrsatish.

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Bogʻim Erkin sheʼr

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

  • Dengiz oyna kabi Erkin sheʼr

    Dengiz oyna kabi yaltirar,
    Toʻlqinlarga suqim oqadi.

  • Dengizga Erkin sheʼr

    Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
    Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.

  • Gulzor — chaman... Erkin sheʼr

    Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
    Eltay yetaklab.

  • Monolog Erkin sheʼr

    Sevgi! Sening shirin tilingdan
    Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

  • Nil va Rim Erkin sheʼr

    Lampam yonur… Yaralangan qanotdek ogʻir
    Oʻy bosadi. Yuragimda goʻyo sel yogʻir.

Yana sheʼrlar