Yur, togʻlarga chiqaylik
Usmon NosirYur togʻlarga chiqayliktogʻqoryoshliktabiat
Yur, togʻlarga chiqaylik,
Mayli, yur!
Eh... qandayin chiroylik,
Oppoq nur...
Olmos kabi oppoq qor
Yaltirar.
Nega muncha dil oqar,
Qaltirar?
Bilasanmi, yoshlik bu —
Toʻymagan!
Tinim bilmas, goʻyo suv —
Oʻynagan...
Shuncha aʼlo, chiroylik,
Koʻrinur...
Yur, togʻlarga chiqaylik,
Mayli, yur!
Lugʻat
- olmos
- Eng qattiq va qimmatbaho, quyoshda yaltirab porlovchi durdona tosh.
- aʼlo
- Yuksak, ajoyib, eng yaxshi, mukammal.
- dil oqmoq
- Koʻngli ketmoq, maftun boʻlmoq, mehr bilan talpinmoq.
Qoʻshilgan:
Shu muallifning boshqa sheʼrlari
- Bogʻim
O, u qanday fusunkor!
Nur bilan toʻlgan butun. - Dengiz oyna kabi
Dengiz oyna kabi yaltirar,
Toʻlqinlarga suqim oqadi. - Dengizga
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman. - Gulzor — chaman...
Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
Eltay yetaklab. - Monolog
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim oʻpmagan, kim tishlamagan? - Nil va Rim
Lampam yonur… Yaralangan qanotdek ogʻir
Oʻy bosadi. Yuragimda goʻyo sel yogʻir.
Yana sheʼrlar
- Eng gullagan yoshlik chogʻimda
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Har yurakning bir bahori bor
Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Erkin sheʼr
- Janub kechasida
Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
Koʻrinmasdi sira koʻzimga,Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Ofeliyaning oʻlimi
Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr