Yoʻlchi
Usmon NosirYoʻlchihayot falsafasikurashyoʻllarorzu
Yoʻlchiman, oq dengizdan nari,
Lojuvard ufqning tubiga yaqin.
Koʻnglimda dardlarim daryodek oqin,
Chayqalar koʻzlarim tikilgan sari.
O, yoʻllar! Chu, qora toychogʻim! Chu, qora yoʻrgʻam!
Murodga qasd qilib yugurgan yetur.
Boʻronni sevmasa, dil nechun tepur?
Tiriklik ne kerak bemehnat, begʻam?!
Chu, qora yoʻrgʻam!
Lugʻat
- lojuvard
- Toʻq moviy, feruzarang qimmatbaho tosh rangi, moviy osmon tusi.
- yoʻrgʻa
- Tekis va tez yuguruvchi ot, chiroyli qadam tashlovchi tulpor.
- murod
- Maqsad, niyat, orzu, tilak.
Qoʻshilgan:
Shu muallifning boshqa sheʼrlari
- Bogʻim
O, u qanday fusunkor!
Nur bilan toʻlgan butun. - Dengiz oyna kabi
Dengiz oyna kabi yaltirar,
Toʻlqinlarga suqim oqadi. - Dengizga
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman. - Gulzor — chaman...
Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
Eltay yetaklab. - Monolog
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim oʻpmagan, kim tishlamagan? - Nil va Rim
Lampam yonur… Yaralangan qanotdek ogʻir
Oʻy bosadi. Yuragimda goʻyo sel yogʻir.
Yana sheʼrlar
- Eng gullagan yoshlik chogʻimda
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Har yurakning bir bahori bor
Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Erkin sheʼr
- Janub kechasida
Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
Koʻrinmasdi sira koʻzimga,Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr - Ofeliyaning oʻlimi
Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.Erkin sheʼr · Hamid Olimjon
Erkin sheʼr