Asosiy mazmunga oʻtish

Yana sheʼrimga

Usmon Nosir · Sonet · Zamonaviy davr · 14 misra

Usmon NosirYana sheʼrimgasonetijod burchiMajnunLayliLermontov

Matn

Sheʼrim! Yana oʻzing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.

Yuragimning dardi — naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
Oʻt boʻlurmi ishqi yoʻq tanda?
Dardimsanki, sheʼrim yaxshisan.

Sen orada koʻprik boʻlding-da,
Geyne bilan oʻrtoq tutindim.
Lermontovdan koʻmak oʻtindim.

Butun umrim sening bagʻringda.
Saharda qon tupursam, mayli.
Men — Majnunman, sheʼrim, sen — Layli!

Usmon Nosir

Sharh

«Yana sheʼrimga» — sonet. Shoir sheʼrni umrining mazmuni deb biladi va «Men — Majnunman, sheʼrim, sen — Layli!» deb yozadi.

Lugʻat

kanda
Uzilish, toʻxtatish, tark etish (kanda qilmoq).
Geyne
Genrix Geyne — mashhur olmon romantik shoiri.
oʻtinmoq
Yolvormoq, iltijo qilmoq, soʻramoq.

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Bogʻim Erkin sheʼr

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

  • Dengiz oyna kabi Erkin sheʼr

    Dengiz oyna kabi yaltirar,
    Toʻlqinlarga suqim oqadi.

  • Dengizga Erkin sheʼr

    Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
    Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.

  • Gulzor — chaman... Erkin sheʼr

    Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
    Eltay yetaklab.

  • Monolog Erkin sheʼr

    Sevgi! Sening shirin tilingdan
    Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

  • Nil va Rim Erkin sheʼr

    Lampam yonur… Yaralangan qanotdek ogʻir
    Oʻy bosadi. Yuragimda goʻyo sel yogʻir.

Yana sheʼrlar