Asosiy mazmunga oʻtish

Boʻlsam

Hamid Olimjon · Gʻazal · Zamonaviy davr · 14 misra

gʻazalishqmumtoz ohanglirik sheʼrHamid Olimjon

Matn

Na boʻlgʻay bir nafas men ham yonogʻing uzra xol boʻlsam,
Labing yaprogʻidan tomganki goʻyo qatra bol boʻlsam.

Butogʻingga qoʻnib bulbul kabi xonish qilib tunlar,
Oʻpib gʻunchangni ochmoqliqqa tong chogʻi shamol boʻlsam.

Boʻyingni tarqatib olamni qilsam mastu mustagʻriq,
Oʻzimning sanʼatimga soʻng oʻzim hayratda lol boʻlsam.

Sening birla qolib bu mastu lol olamda men yolgʻiz,
Oʻzimni ham topolmay, mayliga, oxir xayol boʻlsam.

Agar bogʻingda gul boʻlmoq mening-chun noravo boʻlsa —
Ki, ming bor roziman qasringga hattokim duvol boʻlsam.

Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla boʻhtondin,
Raqiblar rashkiga koʻkrak keray, mayli, qamol boʻlsam.

Kezib sahroyu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yoʻlingga, mayli, uvol boʻlsam.

Hamid Olimjon

Sharh

«Boʻlsam» — 1943-yilda yozilgan gʻazal, radifi «boʻlsam». Oshiq sevgilisining yonogʻidagi xol, labidagi bol, bogʻidagi bulbul yoki gʻunchani ochuvchi shamol boʻlishni orzu qiladi.

Lugʻat

xonish
Qushlarning yoqimli sayrashi, ohangdor qoʻshiq aytish.
mustagʻriq
Gʻarq boʻlgan, butunlay berilib ketgan.
duvol
Devor.
uvol
Nobud, halok (uvol boʻlmoq — nobud boʻlmoq).

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

Yana sheʼrlar

  • Bogʻim

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengiz oyna kabi

    Dengiz oyna kabi yaltirar,
    Toʻlqinlarga suqim oqadi.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengizga

    Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
    Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Gulzor — chaman...

    Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
    Eltay yetaklab.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Monolog

    Sevgi! Sening shirin tilingdan
    Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr