Asosiy mazmunga oʻtish

Xayolimda boʻlding uzun kun

Hamid Olimjon · Erkin sheʼr · Zamonaviy davr · 20 misra

sogʻinchmuhabbattunoylirik sheʼrHamid Olimjon

Matn

Xayolimda boʻlding uzun kun,
Seni izlab qirgʻoqqa bordim.
Och toʻlqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.

Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Shoʻx yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.

Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning koʻkargan bogʻi.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo togʻi.

Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham toʻladi.

Kecha jim-jit, yolgʻiz toʻlqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qoʻyding yodimga kimni?..

Hamid Olimjon

Sharh

«Xayolimda boʻlding uzun kun» — ishqiy sheʼr. Shoir tunda daryo boʻyida, toʻlqin va oy shuʼlasi qarshisida sevgilisini oʻylaydi.

Lugʻat

oshino
Tanish, doʻst, hamdard, sirdosh.
iqbol
Baxt, saodat, kelajak omadi.
dilbar
Koʻngilni oluvchi, goʻzal, mahbuba.

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Boʻlsam Gʻazal

    Na boʻlgʻay bir nafas men ham yonogʻing uzra xol boʻlsam,
    Labing yaprogʻidan tomganki goʻyo qatra bol boʻlsam.

  • Eng gullagan yoshlik chogʻimda Erkin sheʼr

    Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
    Sen ochilding koʻngil bogʻimda.

  • Har yurakning bir bahori bor Erkin sheʼr

    Har yurakning bir bahori bor,
    Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon.

  • Holbuki, tun... Erkin sheʼr

    Holbuki, tun...
    Shagʻirlaydi betinim daryo,

  • Janub kechasida Erkin sheʼr

    Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
    Koʻrinmasdi sira koʻzimga,

  • Ofeliyaning oʻlimi Erkin sheʼr

    Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
    Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.

Yana sheʼrlar

  • Bogʻim

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengiz oyna kabi

    Dengiz oyna kabi yaltirar,
    Toʻlqinlarga suqim oqadi.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengizga

    Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
    Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Gulzor — chaman...

    Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
    Eltay yetaklab.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Monolog

    Sevgi! Sening shirin tilingdan
    Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr