Asosiy mazmunga oʻtish

Sevgi desam

Hamid Olimjon · Erkin sheʼr · Zamonaviy davr · 16 misra

ishqsevgiMajnunlirik sheʼrHamid Olimjon

Matn

Sevgi desam, faqat sen desam,
Sening bilan yashasa qalbim;
Sen desam-u, butun dunyoning
Shoʻrishiga quloq solsam jim...

Quyun kabi aylanar boshim,
Qarayman-u, koʻzim tinadi.
Va jilvangdan koʻngil koʻzgusi
Parcha-parcha boʻlib sinadi.

Shu qarashga bormi nihoya,
Boʻlarmanmi maqsadga vosil?
Toparmanmi bir yangi gʻoya,
Boʻlarmikan bir murod hosil?

Topilarmi unda bir chora,
Agar meni qurshasa junun:
Boʻlib qolsa sirim oshkora,
Atasalar nomimni Majnun?

Hamid Olimjon

Sharh

«Sevgi desam» («Majnun» deb ham ataladi) — 1936-yilda yozilgan ishqiy sheʼr. Oshiq koʻngli sevgilining xayoliga toʻlib, boshqa tashvishlar unutiladi.

Lugʻat

shoʻrish
Gʻalva, toʻpolon, dunyo tashvishi, shovqin-suron.
vosil
Yetishgan, erishgan, maqsadiga yetgan.
junun
Telbalik, es-hushdan ayrilish, ishq mastligi.

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Boʻlsam Gʻazal

    Na boʻlgʻay bir nafas men ham yonogʻing uzra xol boʻlsam,
    Labing yaprogʻidan tomganki goʻyo qatra bol boʻlsam.

  • Eng gullagan yoshlik chogʻimda Erkin sheʼr

    Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
    Sen ochilding koʻngil bogʻimda.

  • Har yurakning bir bahori bor Erkin sheʼr

    Har yurakning bir bahori bor,
    Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon.

  • Holbuki, tun... Erkin sheʼr

    Holbuki, tun...
    Shagʻirlaydi betinim daryo,

  • Janub kechasida Erkin sheʼr

    Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
    Koʻrinmasdi sira koʻzimga,

  • Ofeliyaning oʻlimi Erkin sheʼr

    Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
    Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.

Yana sheʼrlar

  • Bogʻim

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengiz oyna kabi

    Dengiz oyna kabi yaltirar,
    Toʻlqinlarga suqim oqadi.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengizga

    Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
    Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Gulzor — chaman...

    Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
    Eltay yetaklab.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Monolog

    Sevgi! Sening shirin tilingdan
    Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr