Oʻrik gullaganda
bahortabiatbaxtumidlirik sheʼrHamid Olimjon
Derazamning oldida bir tup
Oʻrik oppoq boʻlib gulladi...
Novdalarni bezab gʻunchalar,
Tongda aytdi hayot otini.
Va shabboda qurgʻur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Har bahorda shu boʻlar takror,
Har bahor ham shunday oʻtadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.
Mayli, deyman va qilmayman gʻash,
Xayolimni gulga oʻrayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi, deya soʻrayman.
Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor, deb esadi yellar.
Etgan kabi goʻyo bir talab,
Baxting bor, deb qushlar chiyillar...
Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga soʻylar roz,
Men yurganda bogʻlarga toʻlar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:
«Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol,
Bunda tole har narsadan moʻl,
To oʻlguncha shu oʻlkada qol.
Umrida hech gul koʻrmay, yigʻlab
Oʻtganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yigʻlab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda...»
Derazamning oldida bir tup
Oʻrik oppoq boʻlib gulladi...
Lugʻat
- shabboda
- Tonggi yoki oqshomgi mayin, salqin shamol.
- yakkash
- Faqat, tinmay, muttasil, birin-ketin.
- roz
- Yashirin sir, koʻngil tuguni, qalb roz-niyozlari.
- tole
- Baxt, iqbol, taqdir yulduzi.
Qoʻshilgan:
Shu muallifning boshqa sheʼrlari
- Boʻlsam
Na boʻlgʻay bir nafas men ham yonogʻing uzra xol boʻlsam,
Labing yaprogʻidan tomganki goʻyo qatra bol boʻlsam. - Eng gullagan yoshlik chogʻimda
Eng gullagan yoshlik chogʻimda,
Sen ochilding koʻngil bogʻimda. - Har yurakning bir bahori bor
Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga ishq boʻlar mehmon. - Holbuki, tun...
Holbuki, tun...
Shagʻirlaydi betinim daryo, - Janub kechasida
Sen boʻlmasang, shu och toʻlqinlar
Koʻrinmasdi sira koʻzimga, - Ofeliyaning oʻlimi
Orzung bor kuylashga, lekin qalbingdan
Tarqalar bir maʼyus va gʻamgin sazo.
Yana sheʼrlar
- Erkin sheʼr
- Erkin sheʼr
- Dengizga
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.Erkin sheʼr · Usmon Nosir
Erkin sheʼr - Erkin sheʼr
- Erkin sheʼr