Asosiy mazmunga oʻtish

Oq yuvib, oq tarab...

Usmon Nosir · Erkin sheʼr · Zamonaviy davr · 25 misra

Usmon NosirOq yuvib oq tarabonamaktubfarzandlik mehribolalik

Matn

Onajonim, sogʻ boʻlsang,
Sevinchim mening.
Oʻzim har joyda, dilimda —
Mehring oʻti sening.

Hol soʻrabsan shu xatingda,
Onam, ikki koʻzim:
«Oʻgʻlim, oʻqishlaring qalay,
Sihatmisan, qoʻzim?»

Kunlar havas uygʻotganlar,
Tilak yoʻlga kirgan,
Oʻgʻling usta boʻlib endi
Toʻp-toʻgʻri soʻzlardan —
Baytlar yasayotir, ona!

Esingdami, gʻarib ona,
U qishlarning zahri?
Yuzni momataloq qilgan
U yillarning qahri?

Mehribonim, yodga tushdi,
Bir kuni kuz nahori,
Sargʻayib yerga tushgani
Bir koʻm-koʻk yaproqning.
Qon, yoshlar-la toʻlganda
U koʻzlaring seni,
Tuproqqa yuz tutganda
Umring bahori...

Usmon Nosir

Sharh

«Oq yuvib, oq tarab...» — shoirning onasiga yozgan sheʼriy xati. Ona xatida oʻgʻlining ahvolini soʻraydi, shoir esa oʻqishi va sheʼr yozayotganini aytib, ogʻir bolalik yillarini eslaydi.

Lugʻat

momataloq
Sovuqdan yoki zarbdan koʻkarib, shishib ketgan holat.
nahor
Tong vaqti, ertalabki payt.
bayt
Ikki misradan iborat sheʼriy birlik, sheʼr parchasi.

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Bogʻim Erkin sheʼr

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

  • Dengiz oyna kabi Erkin sheʼr

    Dengiz oyna kabi yaltirar,
    Toʻlqinlarga suqim oqadi.

  • Dengizga Erkin sheʼr

    Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
    Koʻnglimda ishqingni olib qaytaman.

  • Gulzor — chaman... Erkin sheʼr

    Gulzor — chaman. Yur bogʻlarga
    Eltay yetaklab.

  • Monolog Erkin sheʼr

    Sevgi! Sening shirin tilingdan
    Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

  • Nil va Rim Erkin sheʼr

    Lampam yonur… Yaralangan qanotdek ogʻir
    Oʻy bosadi. Yuragimda goʻyo sel yogʻir.

Yana sheʼrlar