Asosiy mazmunga oʻtish

Goʻzal

Abdulhamid Choʻlpon · Erkin sheʼr · Jadidlar · 30 misra

ChoʻlponGoʻzalerkin sheʼrjadid adabiyotigoʻzallikmuhabbat

Matn

Qorongʻu kechada koʻkka koʻz tikib,
Eng yorugʻ yulduzdan seni soʻraymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukib,
Aytadir: «Men uni tushda koʻramen.
Tushimda koʻramen, shunchalar goʻzal,
Bizdan-da goʻzaldir, oydan-da goʻzal!..»

Koʻzimni olamen oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni soʻrmoqqa,
Ul-da aytadirki: «Qizil yanoqqa
Uchradim tushimda, koʻmilgan oqqa.
Oqqa koʻmilganda shunchalar goʻzal,
Mendan-da goʻzaldir, kundan-da goʻzal!..»

Erta tong shamoli sochlarin yozib,
Yonimdan oʻtganda soʻrab koʻramen.
Aytadir: «Bir koʻrib, yoʻlimdan ozib,
Togʻu toshlar ichra istab yuramen!
Bir koʻrdim men uni — shunchalar goʻzal,
Oydan-da goʻzaldir, kundan-da goʻzal!..»

Ul ketgach kun chiqar yorugʻliq sochib,
Undan-da soʻrayman sening toʻgʻringda.
Ul-da uyatidan bekinib, qochib,
Aytadir: «Bir koʻrdim, tushdamas oʻngda.
Men oʻngda koʻrganda shunchalar goʻzal,
Oydan-da goʻzaldir... mendan-da goʻzal!..»

Men yoʻqsil na boʻlub uni suyibmen?!
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyubmen.
Boshimni zoʻr ishga berib qoʻyubmen,
Men suyub... men suyub... kimni suyubmen?
Men suygan «suyukli» shunchalar goʻzal,
Oydan-da goʻzaldir, kundan-da goʻzal!

Abdulhamid Choʻlpon

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Binafsha Erkin sheʼr

    Binafsha, senmisan, binafsha — senmi,
    Koʻchada aqchaga sotilgan?

  • Kishan Erkin sheʼr

    Kishan, gavdamdagi izlar bu kun ham bitgani yoʻqdir!
    Temir barmoqlaringning dogʻi butkul ketgani yoʻqdir!

  • Koʻngil Erkin sheʼr

    Koʻngil, sen munchalar nega
    Kishanlar birla doʻstlashding?

  • Yorugʻ yulduzga Erkin sheʼr

    Goʻzal yulduz, nurli yulduz, tez soʻzla
    Otalarning tarixdagi xatosin;

Yana sheʼrlar

  • Dardiga darmon istamas

    Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
    Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon istamas,

    Erkin sheʼr · Hamza Hakimzoda Niyoziy

    Erkin sheʼr
  • Mirrix yulduziga

    Goʻzal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqgʻani!
    Nega bizdan qochib muncha uzoqlargʻa tushibsan,

    Erkin sheʼr · Abdurauf Fitrat

    Erkin sheʼr
  • Oʻgit

    Ogʻir yigit, sening goʻzal, nurli koʻzingda
    Bu millatning saodatin, baxtin oʻqudim.

    Erkin sheʼr · Abdurauf Fitrat

    Erkin sheʼr
  • Bogʻim

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengiz oyna kabi

    Dengiz oyna kabi yaltirar,
    Toʻlqinlarga suqim oqadi.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr