Asosiy mazmunga oʻtish

Oʻgit

Abdurauf Fitrat · Erkin sheʼr · Jadidlar · 11 misra

FitratOʻgiterkin sheʼrjadid adabiyotiyoshlarharakat

Matn

Ogʻir yigit, sening goʻzal, nurli koʻzingda
Bu millatning saodatin, baxtin oʻqudim.
Oʻylashingda, turishingda hamda oʻzungda
Bu yurt uchun qutulishning borligʻin koʻrdim.

Turma — yugur, tinma — tirish, bukilma — yuksal,
Hurkma — kirish, qoʻrqma — yopish, yoʻrilma — qoʻzgʻal!
Yel yoʻlini toʻsib turgan eski bulutlarni
Yondirib qoʻy, yirtib tashla, barchasin yoʻq et.

Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xoʻrlikdir bu...
Yiqil, yoʻqol, ket!

Abdurauf Fitrat

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Mirrix yulduziga Erkin sheʼr

    Goʻzal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqgʻani!
    Nega bizdan qochib muncha uzoqlargʻa tushibsan,

Yana sheʼrlar

  • Binafsha

    Binafsha, senmisan, binafsha — senmi,
    Koʻchada aqchaga sotilgan?

    Erkin sheʼr · Abdulhamid Choʻlpon

    Erkin sheʼr
  • Dardiga darmon istamas

    Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
    Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon istamas,

    Erkin sheʼr · Hamza Hakimzoda Niyoziy

    Erkin sheʼr
  • Goʻzal

    Qorongʻu kechada koʻkka koʻz tikib,
    Eng yorugʻ yulduzdan seni soʻraymen.

    Erkin sheʼr · Abdulhamid Choʻlpon

    Erkin sheʼr
  • Kishan

    Kishan, gavdamdagi izlar bu kun ham bitgani yoʻqdir!
    Temir barmoqlaringning dogʻi butkul ketgani yoʻqdir!

    Erkin sheʼr · Abdulhamid Choʻlpon

    Erkin sheʼr
  • Koʻngil

    Koʻngil, sen munchalar nega
    Kishanlar birla doʻstlashding?

    Erkin sheʼr · Abdulhamid Choʻlpon

    Erkin sheʼr