Mirrix yulduziga
FitratMirrix yulduzigaerkin sheʼrjadid adabiyotifalsafiy lirikaistibdod
Goʻzal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqgʻani!
Nega bizdan qochib muncha uzoqlargʻa tushibsan,
Tuvgʻaningga nechun sira gapurmasdan turibsan?
Soʻyla, yulduz, holing nadir? Nechuk topding dunyoni?
Bizning yerda boʻlib turgʻan tubanliklar, xoʻrliklar,
Soʻyla, yulduz, sening dagʻi quchogʻingda boʻlurmi?
Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar,
Oʻrtoq qonin qonmay ichkan zuluklar,
Qardosh etin toʻymay yegan qoplonlar?
Bormi senda, oʻksuz yoʻqsulning qonin
Gurunglashib, chogʻir kabi ichkanlar?
Bormi senda butun dunyo tuzugin
Oʻz qopchigʻin toʻldirgʻali buzgʻanlar?
Bormi senda bir oʻlkani yondirib,
Oʻz qozonin qaynatgʻuchi xoqonlar?
Bormi senda qorin-qursoq yoʻlida
Elin, yurtin, borin-yoʻgʻin sotqonlar?
Qoʻshilgan:
Shu muallifning boshqa sheʼrlari
- Oʻgit
Ogʻir yigit, sening goʻzal, nurli koʻzingda
Bu millatning saodatin, baxtin oʻqudim.
Yana sheʼrlar
- Binafsha
Binafsha, senmisan, binafsha — senmi,
Koʻchada aqchaga sotilgan?Erkin sheʼr · Abdulhamid Choʻlpon
Erkin sheʼr - Dardiga darmon istamas
Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon istamas,Erkin sheʼr · Hamza Hakimzoda Niyoziy
Erkin sheʼr - Goʻzal
Qorongʻu kechada koʻkka koʻz tikib,
Eng yorugʻ yulduzdan seni soʻraymen.Erkin sheʼr · Abdulhamid Choʻlpon
Erkin sheʼr - Kishan
Kishan, gavdamdagi izlar bu kun ham bitgani yoʻqdir!
Temir barmoqlaringning dogʻi butkul ketgani yoʻqdir!Erkin sheʼr · Abdulhamid Choʻlpon
Erkin sheʼr - Erkin sheʼr