Dardiga darmon istamas
MaʼrifatMillatUygʻonish
Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon istamas,
Uxlama oʻzbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Koʻnglidur oshuftai lahv-u tarab, nafs-u havo,
Tilsa zillat xanjari bagʻrini Luqmon istamas,
Uxlama oʻzbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Qoʻlida domi tamaʼ, koʻzidadur kayf-u xumor,
Soch oqorub qaddi xam boʻlsa pushaymon istamas,
Uxlama oʻzbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Ilmsizlikdan hama kelgon baloni anglayur,
Ittifoq-u gʻayrat aylab lek irfon istamas,
Uxlama oʻzbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Keldi davri, tushdi osmondan Masihoyi ilm,
Bu nechuk badmurdalik, jismiga bir jon istamas,
Uxlama oʻzbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Oʻzga millat uchsalar hikmat topub suyi samo,
Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,
Uxlama oʻzbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Oʻzgalar etmakda har kun ming sanoeʼ ixtiro,
Biz aholi topmoqa beranj bir non istamas,
Uxlama oʻzbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Bu na vahshat, na jaholat er, qiz-u pir-u javon,
Domi gʻaflatdin xalos oʻlmoqqa imkon istamas,
Uxlama oʻzbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Ey Nihon, ming hayf et insoniyat, islomiyat,
Millati xor oʻlmagʻin hech nomusulmon istamas,
Uxlama oʻzbek eli asri taraqqiy vaqtida.
Qoʻshilgan:
Yana sheʼrlar
- Binafsha
Binafsha, senmisan, binafsha — senmi,
Koʻchada aqchaga sotilgan?Erkin sheʼr · Abdulhamid Choʻlpon
Erkin sheʼr - Goʻzal
Qorongʻu kechada koʻkka koʻz tikib,
Eng yorugʻ yulduzdan seni soʻraymen.Erkin sheʼr · Abdulhamid Choʻlpon
Erkin sheʼr - Kishan
Kishan, gavdamdagi izlar bu kun ham bitgani yoʻqdir!
Temir barmoqlaringning dogʻi butkul ketgani yoʻqdir!Erkin sheʼr · Abdulhamid Choʻlpon
Erkin sheʼr - Erkin sheʼr
- Mirrix yulduziga
Goʻzal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqgʻani!
Nega bizdan qochib muncha uzoqlargʻa tushibsan,Erkin sheʼr · Abdurauf Fitrat
Erkin sheʼr