Asosiy mazmunga oʻtish

Binafsha

Abdulhamid Choʻlpon · Erkin sheʼr · Jadidlar · 27 misra

ChoʻlponBinafshaerkin sheʼrjadid adabiyotiramziy lirikaozodlik

Matn

Binafsha, senmisan, binafsha — senmi,
Koʻchada aqchaga sotilgan?
Binafsha menmanmi, binafsha menmi,
Sevgingga, qaygʻungga tutilgan?

Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, choʻzilding?

Binafsha,
Ayt menga,
Kimlardir, ularkim,
Ignani bagʻringga sanchalar?

Binafsha,
Bir soʻyla,
U qanday qoʻllarkim,
Uzalar, hidlaylar, yancharlar?

Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha, shunchalar tortguvchi tusing bor,
Koʻnglimga issiqlik toʻkmaysan?

Binafsha, yigʻlama, binafsha, kel beri,
Qaygʻungni qaygʻumga qoʻshgil.
Binafsha, sen uchun koʻkragim erk yeri,
Bu yerdan koʻklarga uchgil.

Binafsha, goʻzalim, qaygʻulim, kelmaysan,
Qaygʻung zoʻr, qaygʻumni bilmaysan,
Menga bir kulmaysan.

Abdulhamid Choʻlpon

Muallif

Qoʻshilgan:

Ulashish

Telegram Facebook

Shu muallifning boshqa sheʼrlari

  • Goʻzal Erkin sheʼr

    Qorongʻu kechada koʻkka koʻz tikib,
    Eng yorugʻ yulduzdan seni soʻraymen.

  • Kishan Erkin sheʼr

    Kishan, gavdamdagi izlar bu kun ham bitgani yoʻqdir!
    Temir barmoqlaringning dogʻi butkul ketgani yoʻqdir!

  • Koʻngil Erkin sheʼr

    Koʻngil, sen munchalar nega
    Kishanlar birla doʻstlashding?

  • Yorugʻ yulduzga Erkin sheʼr

    Goʻzal yulduz, nurli yulduz, tez soʻzla
    Otalarning tarixdagi xatosin;

Yana sheʼrlar

  • Dardiga darmon istamas

    Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
    Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon istamas,

    Erkin sheʼr · Hamza Hakimzoda Niyoziy

    Erkin sheʼr
  • Mirrix yulduziga

    Goʻzal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqgʻani!
    Nega bizdan qochib muncha uzoqlargʻa tushibsan,

    Erkin sheʼr · Abdurauf Fitrat

    Erkin sheʼr
  • Oʻgit

    Ogʻir yigit, sening goʻzal, nurli koʻzingda
    Bu millatning saodatin, baxtin oʻqudim.

    Erkin sheʼr · Abdurauf Fitrat

    Erkin sheʼr
  • Bogʻim

    O, u qanday fusunkor!
    Nur bilan toʻlgan butun.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr
  • Dengiz oyna kabi

    Dengiz oyna kabi yaltirar,
    Toʻlqinlarga suqim oqadi.

    Erkin sheʼr · Usmon Nosir

    Erkin sheʼr